Talabalar uchun ma’lumotlar

Talabalar uchun ma’lumotlar

Impuls Tibbiyot Institutida talabalar hayoti faqat bilim olish bilan cheklanib qolmaydi. Bu jarayon talabalarni har tomonlama rivojlantirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamiyatda faol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgan keng qamrovli faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim va ilmiy faoliyat:

Talabalar zamonaviy o‘quv dasturlari asosida nazariy bilimlar bilan birga amaliy va klinik mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadilar.

  1. Amaliy va simulyatsion mashg‘ulotlar tashkil etiladi;
  2. Talabalar ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va innovatsion ishlanmalarga jalb qilinadi;
  3. Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar orqali talabalar o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ijodiy faoliyat va madaniy tadbirlar:

Impuls Tibbiyot Institutida talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi:

  1. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayram kechalari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi;
  2. Milliy qadriyatlar va zamonaviy madaniyat uyg‘unligini targ‘ib qiluvchi loyihalar amalga oshiriladi.

Sport va sog‘lom turmush tarsi:

Talabalarning jismoniy faolligi va sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

  1. Sport klublari va musobaqalar tashkil etiladi;
  2. Futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
  3. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi sport tadbirlari va fitness mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.