Ilmiy loyihalar va grantlar
Impuls tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Institutda tibbiyotning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy loyihalar ishlab chiqilib, respublika va xalqaro grant tanlovlariga taqdim qilingan. Loyiha va tadqiqotlar asosan fundamental va amaliy tadqiqotlar, klinik fanlar, profilaktik tibbiyot, farmakologiya, pediatriya, jarrohlik va sog‘liqni saqlashni tashkil etish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Impuls tibbiyot institutida ilmiy-tadqiqot faoliyati ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Institutda ilmiy loyihalar va grantlar tibbiyot fanining ustuvor va dolzarb yo‘nalishlari asosida shakllantirilib, fundamental hamda amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy loyihalar sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash, profilaktik tibbiyot, farmakologiya, pediatriya, terapiya, jarrohlik va klinik fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan.
Institut ilmiy jamoasi:
- respublika miqyosidagi davlat grantlari;
- tarmoq va amaliy grantlar;
- xalqaro ilmiy fondlar va xorijiy tashkilotlar grantlarida;
- faol ishtirok etib kelmoqda;
- Grantlar doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari;
- o‘quv jarayoniga joriy etiladi;
- klinik amaliyotda qo‘llaniladi;
- ilmiy maqolalar va metodik qo‘llanmalar ko‘rinishida chop etiladi.
Shuningdek, institutda yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga jalb etish, innovatsion g‘oyalar va startap tashabbuslarini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy va ilmiy muhit yaratilgan. Ilmiy grantlar asosida olib borilgan izlanishlar institutning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda quyidagi loyihalar institut olimlari tomonidan grant tanlovlariga taqdim etilgan va bu loyihalar ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “PM2.5 havoning ifloslanishini baholash va nazorat qilish” loyihasi, “Pediatriyada infektsion kasalliklarning oldini olish strategiyalari” loyihasi, “Farmakologiyada yangi antimikrob preparatlarni ishlab chiqish” – (Erasmus+ xalqaro hamkorlikda) loyihasi, Milliy ilmiy grantlar doirasidagi “Klinik diagnostikada sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” hamda “Jarrohlik amaliyotida minimal invaziv usullarni rivojlantirish” loyihalari, “Profilaktik tibbiyot va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish strategiyalari” kabi loyihalar shular jumlasidandir. Olingan natijalar ilmiy maqolalar, konferensiya taqdimotlari va patentlar shaklida amaliyotga joriy etilib, tibbiyot sifatini oshirish va ta’lim jarayonini boyitishga xizmat qiladi. Institutda yosh olimlar va bolgusi shifokorlarni ilmiy loyihalarga jalb etish, ularga grantlar orqali qo‘llab-quvvatlash va innovatsion ishlanmalar yaratish uchun barcha zarur ilmiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratilgan.
