Talabalar jamiyati (Student union)
I. Talabalar Kengashi (Student Union)
Talabalar Kengashi — Impuls Tibbiyot Institutida ta’lim olayotgan talabalar manfaatlarini ifoda etuvchi va himoya qiluvchi rasmiy jamoat tuzilmasidir. Kengash talabalarning o‘qish jarayoni, ijtimoiy hayoti va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali institut hayotining faol ishtirokchisiga aylanishini ta’minlaydi.
Maqsadi:
- Talabalar manfaatlarini himoya qilish va ularning fikrini institut rahbariyatiga yetkazish
- Talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
- Institutda sog‘lom ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish
Vazifalar:
- Talabalar muammolarini aniqlash va yechim topishda ko‘maklashish
- Madaniy, ma’rifiy va ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish
- Talabalar o‘rtasida hamjihatlik va jamoaviylikni rivojlantirish
- Talabalar klublari va to‘garaklari faoliyatini muvofiqlashtirish

II.Talabalar hayoti
Impuls Tibbiyot Institutida talabalar hayoti faqat bilim olish bilan cheklanib qolmaydi. Bu jarayon talabalarni har tomonlama rivojlantirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamiyatda faol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgan keng qamrovli faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim va ilmiy faoliyat:
Talabalar zamonaviy o‘quv dasturlari asosida nazariy bilimlar bilan birga amaliy va klinik mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadilar.
- Amaliy va simulyatsion mashg‘ulotlar tashkil etiladi;
- Talabalar ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va innovatsion ishlanmalarga jalb qilinadi;
- Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar orqali talabalar o‘z ilmiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ijodiy faoliyat va madaniy tadbirlar:
Impuls Tibbiyot Institutida talabalar ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi:
- Madaniy-ma’rifiy tadbirlar, bayram kechalari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi;
- Milliy qadriyatlar va zamonaviy madaniyat uyg‘unligini targ‘ib qiluvchi loyihalar amalga oshiriladi.

Sport va sog‘lom turmush tarzi:
Talabalarning jismoniy faolligi va sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
- Sport klublari va musobaqalar tashkil etiladi;
- Futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi;
- Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi sport tadbirlari va fitness mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.

Ijtimoiy faoliyat va liderlik ko‘nikmalari:
Talabalar institut hayotida faol ishtirok etib, ijtimoiy mas’uliyat va yetakchilik fazilatlarini rivojlantiradilar:
- Volontyorlik, xayriya va ijtimoiy loyihalarda qatnashadilar;
- Talabalar Kengashi orqali tashabbus va g‘oyalarini ilgari suradilar;
- Turli soha yetakchilari va mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
III.Talabalar turar joyi hayoti
Talabalar turar joylarida qulay va xavfsiz muhit yaratilgan:
- Zamonaviy yashash sharoitlari;
- Jamoaviy tadbirlar, tanlovlar va bayramlar;
- Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.
