Телефон
+998 9
user@mail.uz
Professor Bakhtinur Oybutayevich Xudanov
Impuls Tibbiyot Instituti Prezidenti
Bakhtinur Oybutayevich Xudanov – zamonaviy tibbiyot, ta’lim va raqamli sog‘liqni saqlash sohalarida yetuk mutaxassis, olim va innovator rahbar hisoblanadi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida tibbiyot, ilm-fan, ta’lim va davlat boshqaruvi sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
B.Xudanov Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega. Uning asosiy ilmiy yo‘nalishlari – profilaktik stomatologiya, raqamli tibbiyot, sog‘liqni saqlashni boshqarish va innovatsion texnologiyalarni tibbiyotga joriy etishdir. Professor Xudanov 100 dan ortiq ilmiy maqola, monografiya va darsliklar muallifi bo‘lib, Scopus va xalqaro bazalarda chop etilgan ishlari bilan tanilgan.
U turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi, kabi muhim tuzilmalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Davlat miqyosida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, elektron tibbiy karta, telemeditsina va boshqaruv tizimlarini joriy etishda faol ishtirok etgan.
Professor Xudanov – ko‘plab innovatsion loyihalar muallifi. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) raqamli tibbiyot boʻyicha konsultanti, Koreyaning Yonsei universiteteti adyunkt professori, Yevropa Ittifoqining Horizon 2020 dasturi milliy koordinatori. DAAD(Germaniya), ORCA, Erasmus+, Borrow jamgʻarmasi (Angliya), Nakao(Shveysariya) kabi xalqaro tashkilotlar grantlarini qoʻlga kiritgan. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Malayziya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardagi universitetlar va xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar qilib kelmoqda.
2024 yilda u Pierre Fauchard Academy (AQSh) tomonidan nufuzli medal bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2015 yilda “Eng faol yosh mutaxassis” respublika tanlovi g‘olibi, 2013 yilda “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohibi boʻlgan.

