Xalqaro grantlar

Xalqaro grantlar

IMPULS Tibbiyot Instituti xalqaro grantlar va hamkorlik dasturlarini rivojlantirish orqali ta’lim, ilm-fan va tibbiy amaliyotni global darajaga olib chiqishni o‘z oldiga strategik maqsad qilib qo‘ygan. Institut xalqaro grantlar orqali akademik mobillikni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy raqamli va gibrid ta’lim dasturlarini joriy etish, shuningdek, yetakchi xorijiy universitetlar va klinikalar bilan uzoq muddatli strategik hamkorliklarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Bugungi kunda institutning xalqaro hamkorlik va grantlar portfeli dunyoda tan olingan nufuzli dasturlarni qamrab olgan bo‘lib, ular orasida Erasmus+, Horizon Europe, DAAD, DFG (German Research Foundation), Marie Skłodowska-Curie Actions (MSCA), NIH, WHO Grants & Fellowships, UNDP / UNICEF Health Programs, Islamic Development Bank (IsDB), Fulbright Program, USAID Health Programs, JICA, KOICA, shuningdek ICMR / ICCR kabi xalqaro grant va stipendiya dasturlari mavjud.

Mazkur grantlar doirasida institut talabalari va professor-o‘qituvchilari ilg‘or ilmiy maktablar bilan hamkorlik qilish, zamonaviy tibbiyot texnologiyalarini o‘rganish, xalqaro tadqiqot loyihalarida ishtirok etish hamda global akademik va klinik standartlarni amaliyotga joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Xorijiy davlatlarning mamlakatimizda  elchixonalari va bosh konsulxonalari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik institutning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlab, akademik almashinuv geografiyasini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorliklar natijasida har yili o‘nlab talabalar va professor-o‘qituvchilar Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va boshqa yetakchi davlatlarda qisqa va uzoq muddatli akademik almashinuv, klinik amaliyot, observership va ilmiy-tadqiqot dasturlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xalqaro grant va dasturlar IMPULS Tibbiyot Institutimiz  talabalariga quyidagi ustunliklarni taqdim etadi:

  • Akademik almashinuv va mobillik
    Talabalar va professor-o‘qituvchilar yetakchi universitetlar va klinikalarda bilim va tajribalarini boyitadi.
  • Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
    Global ilmiy hamkorlik doirasida innovatsion davolash usullari va zamonaviy tibbiyot texnologiyalari o‘rganiladi.
  • Raqamli va gibrid ta’lim dasturlari
    Xalqaro tajribaga asoslangan onlayn va aralash formatdagi ta’lim imkoniyatlari kengaytiriladi.
    • Global tibbiy standartlarni joriy etish
      Talabalar va professorlar xalqaro klinik va akademik standartlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini egallaydi.
  • Transmilliy integratsiya
    Institutning global tibbiyot hamjamiyatiga integratsiyasi kuchayadi, xalqaro konferensiyalar va yirik ilmiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi.

Xalqaro grantlar va hamkorlik dasturlari IMPULS Tibbiyot Institutini nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy-ta’lim markazi sifatida shakllantirmoqda. Ushbu tashabbuslar talabalar va professor-o‘qituvchilarga bilim va ko‘nikmalarini global darajada rivojlantirish imkonini berib, mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlarga moslashtirishga munosib hissa qo‘shadi