Impuls talabalari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi

Yangiliklar

Impuls talabalari xalqaro maydonda yana bir bor e’tirof etildi

“Samarqand–2020” VI-Xalqaro tibbiyot talabalari olimpiadasida yurtimiz hamda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belarus kabi dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridan 500 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. Ushbu nufuzli olimpiadada Impuls Tibbiyot Instituti talabalari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

  • Usubjonov Asliddin Alijon o‘g‘li — “Klinik tafakkur” yo‘nalishida. Shuningdek, ilmiy loyiha yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin sohibi;
  • Rahimov Rufat Rashidjon o‘g‘li — “Muammoni ilmiy yondashuv asosida hal etish” yo‘nalishida;
  • G‘ofurjonov Javlonbek Orifjon o‘g‘li — “Vaziyatli masalalarga eng yaxshi yechim” yo‘nalishida;
  • Daminova Nazokat Ilhomjon qizi — “Muammoni ilmiy yondashuv asosida hal etish” yo‘nalishida;
  • Hasanboyev Jamoliddin Jaloliddin o‘g‘li — “Eng zo‘r notiq” yo‘nalishida;
  • Isaqova Nigora Shavkatjon qizi — “Mutloq chempion” yo‘nalishida;
  • Abbosxonov Buzrukxo‘ja Ravshanxon o‘g‘li — “Klinik tafakkur” yo‘nalishida;
  • Muhammadova Dilfuza Maxmudjon qizi — “Bilim cho‘qqisiga intilish” yo‘nalishida;
  • Odiljonov Izzatillo Abdug‘ofur o‘g‘li — “Bilim g‘alabasi” yo‘nalishida;
  • Boymamatova Nigina Zokirjon qizi — “Eng bilimdon ishtirokchi” yo‘nalishida.

Impuls Tibbiyot Instituti rahbariyati nomidan barcha g‘olib talabalarni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar