Impuls tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Aksaray universiteti rektori Prof. Dr. Alpay ARIBAŞ o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

Impuls tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Aksaray universiteti rektori Prof. Dr. Alpay ARIBAŞ o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:

✔️ Qisqa va uzoq muddatli professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
✔️ Stajirovka va malaka oshirish dasturlari;
✔️ Bakalavr hamda magistratura talabalari almashinuvi;
✔️ Observership va klinik kuzatuv dasturlari;
✔️ Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ta’lim loyihalari;
✔️ Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va akademik forumlarni tashkil etish;
✔️ O‘zaro manfaatli boshqa ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish.

Ushbu hamkorlik Impuls tibbiyot instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun xalqaro tajriba almashish, zamonaviy tibbiy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish hamda ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

Impuls tibbiyot instituti — xalqaro hamkorlik va zamonaviy tibbiy ta’lim sari dadil qadam!

Bo'limga qaytish "Yangiliklar"

Tegishli yangiliklar