Rahbariyat

Rahbariyat

Professor Bakhtinur Oybutayevich Xudanov

Телефон

+998 9

Email

user@mail.uz

Professor Bakhtinur Oybutayevich Xudanov

Impuls Tibbiyot Instituti Prezidenti

Bakhtinur Oybutayevich Xudanov – zamonaviy tibbiyot, ta’lim va raqamli sog‘liqni saqlash sohalarida yetuk mutaxassis, olim va innovator rahbar hisoblanadi. U 20 yildan ortiq vaqt davomida tibbiyot, ilm-fan, ta’lim va davlat boshqaruvi sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

B.Xudanov Toshkent Tibbiyot Akademiyasini tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega. Uning asosiy ilmiy yo‘nalishlari – profilaktik stomatologiya, raqamli tibbiyot, sog‘liqni saqlashni boshqarish va innovatsion texnologiyalarni tibbiyotga joriy etishdir. Professor Xudanov 100 dan ortiq ilmiy maqola, monografiya va darsliklar muallifi bo‘lib, Scopus va xalqaro bazalarda chop etilgan ishlari bilan tanilgan.

U turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi, kabi muhim tuzilmalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Davlat miqyosida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, elektron tibbiy karta, telemeditsina va boshqaruv tizimlarini joriy etishda faol ishtirok etgan.

Professor Xudanov – ko‘plab innovatsion loyihalar muallifi. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) raqamli tibbiyot boʻyicha konsultanti, Koreyaning Yonsei universiteteti adyunkt professori, Yevropa Ittifoqining Horizon 2020 dasturi milliy koordinatori. DAAD(Germaniya), ORCA, Erasmus+, Borrow jamgʻarmasi (Angliya), Nakao(Shveysariya) kabi xalqaro tashkilotlar grantlarini qoʻlga kiritgan. Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Malayziya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardagi universitetlar va xalqaro anjumanlarda ma’ruzalar qilib kelmoqda.

2024 yilda u Pierre Fauchard Academy (AQSh) tomonidan nufuzli medal bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2015 yilda “Eng faol yosh mutaxassis” respublika tanlovi g‘olibi, 2013 yilda “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sohibi boʻlgan.

Xamdamov Alisher Salimovich

Xamdamov Alisher Salimovich

Institutning Chirchiq filiali rektori

Xamdamov Alisher Salimovich — oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash hamda institutsional boshqaruvni takomillashtirish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega.

U 2004–2008 yillarda Toshkent Avtomobil va yo‘llar institutida bakalavriat, 2011 yilda esa magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. 2014–2016 yillarda Xitoy Xalq Respublikasining Southwest Jiaotong University universitetida ilmiy tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borib, xalqaro ilmiy hamkorlik, qo‘shma tadqiqotlar hamda akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etgan.

2023 yilda Xitoyning nufuzli University of Electronic Science and Technology of China universitetida PhD ilmiy darajasini olgan hamda 2024 yilda Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan.

Faoliyati davomida Germaniya, Xitoy, Malayziya, Indoneziya va boshqa davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarida malaka oshirib, boy xalqaro ilmiy-amaliy tajriba orttirgan.

Mehnat faoliyatini oliy ta’lim tizimida turli yillarda assistent o‘qituvchi, xalqaro bo‘lim mutaxassisi, xalqaro bo‘lim boshlig‘i hamda kafedra dotsenti lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan. Ushbu davrda oliy ta’lim muassasasida xalqaro aloqalarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, xorijiy hamkorliklarni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish va institutsional xalqaro integratsiyani ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbuslarni amalga oshirgan.

Davlat boshqaruvi tizimidagi faoliyati davomida Navoiy viloyatida investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi hamda innovatsion rivojlanish boshqarmasida investitsiyalarni jalb etish, xalqaro loyihalarni shakllantirish va ularni tijoratlashtirish yo‘nalishlarida samarali faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasida bo‘lim boshlig‘i sifatida xorijiy yetakchi TOP universitetlar bilan akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, stipendiya dasturlarini muvofiqlashtirish, xalqaro protokol xizmatlarini tashkil etishga munosib hissa qo‘shgan.

Hozirgi kunda Impuls tibbiyot instituti Chirchiq filiali rektori lavozimida faoliyat yuritib, institutning xalqaro integratsiyasi, ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini takomillashtirish hamda zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish yo‘nalishlarida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi va Hindistonning qator nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni tashkil etish tashabbuslarini ilgari surgan.

Ingliz, rus va xitoy tillarini biladi hamda xalqaro akademik muhitda samarali faoliyat yuritish tajribasiga ega.

Xolmirzaev Orifjon Numonjon o‘g‘li

Xolmirzaev Orifjon Numonjon o‘g‘li

Impuls Tibbiyot Instituti Namangan filiali rektori

Xolmirzaev Orifjon Numonjon o‘g‘li — zamonaviy tibbiyot talimini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarni izchil amalga oshirib kelayotgan rahbar va mutaxassisdir.

U 1991-yil 21-may kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasida oliy talim olib, keyinchalik magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Mutaxassisligi — ortoped-travmatolog. Klinik amaliyot va akademik faoliyat uyg‘unligi uning professional shakllanishida muhim o‘rin tutgan.

Faoliyati davomida u birlamchi tibbiy bo‘g‘indan tortib, oliy talim tizimigacha bo‘lgan bosqichlarda samarali ish olib borgan. Poliklinika shifokori, oliy talim muassasasi o‘qituvchisi, kafedra mudiri lavozimlarida toʼplagan tajribasi bugungi rahbarlik faoliyatida mustahkam poydevor boʼlib xizmat qilmoqda.

2023-yildan 2025-yilgacha Impuls tibbiyot instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2025-yil oktyabr oyidan esa Impuls tibbiyot instituti Namangan filialiga rahbarlik qilib kelmoqda. Uning boshchiligida institutda talim sifati, klinik ko‘nikmalarni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlar va xalqaro standartlarni joriy etishga alohida etibor qaratilmoqda. Talabalar bilimini oshirish, professor-o‘qituvchilar salohiyatini kuchaytirish hamda sog‘liqni saqlash tizimi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.