Tayyorlov kurslari
Impuls tibbiyot instituti tibbiyot yo‘nalishlarida tahsil olishni istagan abituriyentlar uchun 6 oylik tayyorlov kursini tashkil etadi. Ushbu kurs abituriyentlarni kirish imtihonlariga puxta tayyorlash, bilimlarini mustahkamlash hamda oliy tibbiy ta’lim muhitiga moslashtirishga qaratilgan.
O‘qish davomiyligi va boshlanish vaqti
- Davomiyligi: 6 oy
- Boshlanish vaqti: fevral oyidan
Asosiy tayyorlov fanlari
Tayyorlov kursida kirish imtihonlariga mos ravishda quyidagi fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi:
- Biologiya – hujayra biologiyasi, genetika, inson fiziologiyasi va tibbiyotga kirish asoslari;
- Kimyo – umumiy va organik kimyo, tibbiyotda qo‘llaniladigan kimyoviy jarayonlar.
Mashg‘ulotlar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi va imtihon formatiga mos testlar hamda amaliy topshiriqlar bilan mustahkamlanadi.
Qo‘shimcha imtiyozli modullar
Tayyorlov kursi tinglovchilari uchun institut tomonidan bepul qo‘shimcha modullar taqdim etiladi:
- Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
(birinchi yordam, favqulotda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish); - Odam anatomiyasi
(inson tanasining asosiy tuzilishi va organlar bilan tanishuv).
Mazkur modullar kelgusida tibbiyot yo‘nalishida o‘qishni boshlashda muhim tayanch bilimlarni beradi.
Kirish imtihonlari va grant imkoniyatlari
- Tayyorlov kursi tinglovchilari kirish imtihonlarida BEPUL ishtirok etish huquqiga ega;
- Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud;
- Eng yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga institut tomonidan grantlar taqdim etiladi.
Kontrakt bo‘yicha chegirmalar
Tayyorlov kursi davomida:
- oraliq nazoratlar,
- yakuniy nazoratlar
bo‘yicha yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga 1-kurs uchun belgilangan kontrakt summasidan chegirmalar taqdim etiladi.
Chegirmalar miqdori abituriyentning o‘zlashtirish darajasiga qarab belgilanadi.
Kimlar uchun mo‘ljallangan?
- Tibbiyot yo‘nalishiga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar;
- Kirish imtihonlaridan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar;
- Biologiya va kimyo fanlaridan bilimlarini mustahkamlashni istaganlar.
Tayyorlov kursining afzalliklari
- Kirish imtihonlariga to‘liq yo‘naltirilgan dastur;
- Bepul kirish imtihonlari va grant imkoniyati;
- Kontrakt bo‘yicha chegirmalar;
- Qo‘shimcha tibbiy modullar;
- Oliy tibbiy ta’limga moslashuv;
- Malakali ustozlar va akademik muhit.
