Xorijiy professorlar haqida

Xorijiy professorlar haqida

MPULS Tibbiyot Instituti xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga chuqur integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratadi. Hozirgi kunda institutda 2 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ular Malayziya va Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan jalb qilingan. Mazkur professorlar institutning akademik va klinik ta’lim dasturlarida muntazam ishtirok etib, zamonaviy tibbiyot, klinik amaliyot va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha o‘zlarining xalqaro tajribalarini talabalar hamda mahalliy professor-o‘qituvchilar bilan baham ko‘rmoqda. Xorijiy professorlarning ishtiroki talabalar uchun xalqaro standartlarga mos bilim olish, ilg‘or klinik amaliyotlar bilan tanishish va innovatsion ilmiy loyihalarda qatnashish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, ular ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg‘or o‘qitish metodlari va klinik fikrlash madaniyatini olib kirib, institutning akademik muhitini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Bundan tashqari institimizda  xalqaro volontyorlik va akademik missiyalar tizimi ham yo`lga qo`yilgan bo`lib, institut Fulbright, KOICA va JICA kabi nufuzli xalqaro dasturlar doirasida xorijiy volontyor mutaxassislarni qisqa va uzoq muddatga qabul qiladi. Ushbu volontyorlar klinik amaliyot, laboratoriya ishlari, seminarlar, treninglar va o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etib, talabalar bilan bevosita ishlaydi. Natijada talabalarning nazariy bilimlari mustahkamlanib, amaliy ko‘nikmalari rivojlanadi hamda global tibbiyot tajribasini o‘zlashtirish imkoniyati sezilarli darajada kengayadi. Xorijiy professor-o‘qituvchilar va volontyorlar ishtirokidagi ushbu hamkorlik modeli IMPULS Tibbiyot Institutini transmilliy ta’lim va ilmiy integratsiya markazi sifatida shakllantirmoqda. Ular nafaqat yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etadi, balki ilmiy tadqiqotlar, laboratoriya ishlari va klinik amaliyotni xalqaro standartlar asosida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xorijiy professor-o‘qituvchilar va xalqaro volontyorlarning IMPULS Tibbiyot Institutidagi faoliyati, avvalo, talabalar uchun xalqaro standartlarda ta’lim olish, zamonaviy klinik va laboratoriya amaliyotlari bilan tanishish hamda innovatsion ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi. Talabalar xorijiy mutaxassislar bilan bevosita ishlash orqali global tibbiyot tajribasini o‘zlashtiradi, zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va ilg‘or davolash yondashuvlari bilan tanishadi. Bu esa ularning professional rivojlanishi, kelajakdagi karyera imkoniyatlarini kengaytirish va xalqaro akademik muhitga moslashuvini ta’minlaydi. Institut miqyosida esa xorijiy professorlar ishtiroki akademik dasturlarni xalqaro standartlarga moslashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish va ilmiy hamda klinik tadqiqotlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Ularning ilmiy va amaliy tajribasi global ilmiy loyihalarda ishtirok etish, xalqaro grantlarni jalb qilish va transmilliy hamkorliklarni kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Natijada IMPULS Tibbiyot Instituti xalqaro miqyosda tan olingan, raqobatbardosh va ochiq akademik muhitga ega transmilliy ta’lim va ilmiy markaz sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlaydi.