Xorijiy stajirovkalar

Xorijiy stajirovkalar

MPULS Tibbiyot Instituti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun xorijiy stajirovkalar hamda klinik observership dasturlarini tizimli va uzluksiz ravishda tashkil etib kelmoqda. Ushbu dasturlar institutning global ta’lim va ilmiy integratsiyadagi o‘rnini mustahkamlashga, ishtirokchilarning professional salohiyatini xalqaro tibbiyot standartlari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi. Xorijiy stajirovkalar doirasida ishtirokchilar ilg‘or klinik tajribalarni o‘rganish, zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalari bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatida qatnashish hamda xalqaro akademik muhitda kasbiy ko‘nikmalarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Stajirovkalar geografiyasi asosan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya va Singapur kabi yetakchi davlatlardagi universitetlar, tibbiyot markazlari va klinikalarda xorijiy stajirovka hamda observership dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

Stajirovkalar jarayonida talabalarimiz:

– klinik amaliyotlarda bevosita ishtirok etadi yoki kuzatuv olib boradilar;

– laboratoriya ishlari va ilmiy tadqiqotlarga jalb etiladilar;

– xalqaro seminar, trening va konferensiyalarda qatnashadlar;

– qo‘shma ilmiy loyihalar va tibbiy tadqiqotlarni amalga oshiradilar.

Qachon va qaysi shaklda o‘tkazamiz?

Xorijiy stajirovkalar qisqa muddatli (2–4 hafta) va uzoq muddatli (3–12 oy) formatlarda tashkil etiladi. Dasturlar akademik yil davomida, yozgi va qishki ta’til davrlarida yoki individual o‘quv rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Stajirovka shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • klinik stajirovka (internship);
  • klinik observership;
  • ilmiy-tadqiqot stajirovkasi;
  • aralash (klinik + ilmiy) dasturlar.

Xorijiy stajirovka va observership dasturlarida asosan

  • yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega barcha  talabalarimiz;
  • professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etishi mumkin.

Nomzodlar tanlovi ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi hamda akademik ko‘rsatkichlar, til bilish darajasi, kasbiy motivatsiya va hamkor tashkilotlar talablariga muvofiq baholanadi. Xorijiy stajirovkalarimiz  Fulbright, KOICA, JICA, ITEC, Erasmus+, Horizon Europe va boshqa xalqaro dasturlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Barcha jarayonlar jahon ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida qabul qilingan akademik mobillik, etik me’yorlar, klinik xavfsizlik va sifat standartlari asosida tashkil etiladi.Xorijiy stajirovkalar va observership dasturlari IMPULS Tibbiyot Institutini transmilliy akademik va klinik integratsiya markazi sifatida shakllantiradi.